AQSh Davlat departamenti ekstremistik guruhlar, jumladan IShID va "Al-Qoida" hamda ularning ta'siri ostida bo'lgan mayda guruhlar tomonidan Yevropa hududida yangi teraktlar rejalashtirgani haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda Tass xabariga asoslanib "Kun" ma'lumot bermoqda. Bu haqda AQSh davlat departamentining 3 mart kuni global terroristik tahdid haqidagi ogohlantiruvida yozilgan.
"Ishonchli manbalar bergan ma'lumotlarga ko'ra, IShID va "Al-Qoida" Yevropa hududida teraktlar amalga oshirishda davom etadi. Bu qit'adagi barcha mamlakatlar transmilliy terrorchi tashkilotlar tahdidi ostida qolmoqda", deyiladi xabarda.
"Yevropada teraktlar o'zini portlatib yuboruvchi jangarilar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Ular jamoat transportlarida yoki kishilar ko'p to'planadigan boshqa joylarda hech qanday ogohlantirishsiz o'z niyatlariga qasd qilishi mumkin. Yevropaga Iroq va Suriyadagi IShID safidan qaytayotgan yevropalik jangarilar shunday harakatlarga qo'l urishi mumkin", deb fikrlashgan tahlilchilar.
AQSh Davlat departamenti bunday hujumlar nafaqat Yevropada, balki butun dunyo bo'ylab (Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Osiyo) sodir etilishi ehtimolidan ogohlantiradi. Shuningdek, 2014 yilning avgustida AQSh va uning ittifoqchilari Iroq hamda Suriyada jangarilarga qarshi amaliyotlar boshlagani amerikaliklarning ham IShID nishoniga aylanishi mumkinligidan ogohlantiradi.
"Ekstremistlar odatiy qurollar va ommaviy qirg'in qurollardan foydalanishlari mumkin", deyiladi xabarda.