Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib, Yevropa aholisi misli ko‘rilmagan darajada semirib ketadi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Eng keskin vaziyat Irlandiyada kuzatiladi.
Ta’kidlanishicha, bu davlatda 2030-yilga kelib, erkaklarning 89 foizi va ayollarning 85 foizi ortiqcha vazn yoki semizlikdan azob chekadi.
Ekspertlar jami 57 ta mamlakat bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘pladi. Ularga ko‘ra, Gretsiya, Ispaniya, Avstriya, Shvetsiya va Chexiya ham semirib ketish muammosiga duch keladi.
Shunisi qiziqki, Niderlandiyada bu borada teskari tendensiya kuzatilishi aytilmoqda. Ortiqcha vazndan azob chekuvchi niderlandiyaliklar hissasi 2010-yildagi 54 foizdan 2030-yilda 49 foizgacha tushib qoladi.