AQShning Texas shtatida qotillik sodir etgan jinoyatchi qatl etildi. Bu haqda "Gazeta.ru” xabariga asoslanib "Darakchi" ma'lumot berdi.
Jinoyatchi 1990 yilda Dallas shtatidagi do`konlardan birini o`marayotgan paytda sotuvchini o`ldirgan edi.
43 yoshli jinoyatchi Gustavo Garsiya Xantsvill shahrida o`limga hukm qilinganlar saqlanadigan kamerada o`limga olib keluvchi in`eksiya yordamida qatl etilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, qotillik sodir etgan jinoyatchi hayotining asosiy qismini o`lim jazosi ado etilishini kutib o`tkazgan.