AQShning Detroyt shahri aeroportida muzlab qolgan qanotlariga ishlov berishga olib ketilayotgan ikkita samolyot bir-biriga urilib ketdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
American Airlines’ning Boeing 737 samolyoti qanoti Southwest Airlines aviakompaniyasining xuddi shunday modeldagi samolyotining dum qismiga urilib ketgan. Ikkala samolyot ham ichki reyslarni amalga oshirayotgan bo‘lgan.
To‘qnashuv vaqtida yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmadi, ammo yo‘lovchilar ikki soat davomida samolyot ichida qolib ketdi. Samolyotlar kichik shikastlanish oldi — yoqilg‘i sizib chiqishi qayd qilinmadi. Ayni vaqtda politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.