Turkiya harbiy samolyotlari 15-fevral, dushanba kuni bir necha bor Gretsiya havo chegaralarini buzgan. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Turklarning oltita qiruvchi va transport samolyoti Egey dengizining sharqiy va markaziy orollari hududida 20 marotabadan ziyod havo chegarasini buzib o‘tgan. Kamida ikki marta grek harbiy samolyotlari ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish uchun osmonga ko‘tarilgan.
Mazkur hodisa NATOning Egey dengizida muhojirlar oqimi va ularni noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi operatsiyasi arafasida yuz bergan. Afina Anqara ushbu dengizdagi ishtirokini kengaytirish uchun muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatdan foydalanishidan xavotir bildirgan.
Manba