Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda siyosiy tizimni o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazish zarurati haqida yana bir marta ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”. U prezident vakolatlarini kengaytirishga da’vat etmoqda.
Uning taklifi Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishni muhokama qilish uchun tuzilgan konstitutsiya komissiyasidan muxolifat partiyasi chiqib ketgach, yangradi. Joriy hukumat muxoliflari taklif etilayotgan islohotlardan maqsad — hokimiyatning yanada kattaroq qismini Erdo‘g‘onning qo‘llariga topshirish ekanligidan xavfsiramoqda.
Shu bilan birga, mamlakat bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li partiyani ehtimoliy konstitutsiya islohotlari ustidagi ishlarga qaytishga chaqirdi va bunday o‘zgarishlarni muxolifat ishtirokisiz ham muhokama qilish mumkinligini taxmin etdi.
Erdo‘g‘on esa endi o‘zgartirishlar haqidagi masalani referendumga chiqarish kerakligini aytdi.