Avstraliyaning “The Kangaroo Sanctuary Alice Springs” qo'riqxonasida Rojer laqabli 9 yoshli antiqa qizil kenguru yashaydi .
Qo'riqxona boshqaruvchisi Kris Barnsning aytishicha, Rojer har kuni qo'l jangi bo'yicha kurashishga o'rgatiladi va o'z raqibiga jiddiy jarohatlar etkazishi mumkin.
U kikboksing bo'yicha sparringlar paytida o'zining mushaklarini namoyish qilishi tufayli mahalliy aholi orasida mashhur bo'lib ketgan.
Rojerning har kungi rejimi – bu kikboksing bo'yicha sparring o'tkazish va meni ta'qib qilishdan iborat”, deb aytmoqda Barns.
Bu antiqa “sportchi”ning og'irligi 89 kg, bo'yi 2,07 metrni tashkil qiladi. U Avstraliyaning sharqiy sohili bo'ylab sayr qilganda yo'lida uchragan itlar va golf bilan shug'ullanuvchilarni o'zining vajohati bilan cho'chitib yuboradi, zerikanida esa metalldan ishlangan chelaklarni pachoqlashni yaxshi ko'radi.
Barns Rojerni 9 yil avval shosse chetida halok bo'lgan onasi yonidan topib olgan. Shundan beri Barns Rojer uchun ota-onasi o'rnini bosib kelmoqda.