Eng yirik aloqa operatori “Beeline” bugun “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun navbatdagi tanlovni boshladi. Avval “Olti kompyuterdan birini yutib ol” aksiyasi doirasida uchta alohida tanlov o‘tkazilib, g‘oliblar kompyuterlarni qo‘lga kiritgan edilar. Mazkur bosqichda to‘rtinchi kompyuter o‘ynalmoqda.

Tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Club” sahifasiga a'zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Beeline Club’dan kompyuter yutib olishni istayman!” deb yozish lozim.
Tanlov 2 dekabrdan 12 dekabrgacha (shu kun ham kiradi) o'tkaziladi. G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 12 dekabr juma kuni chop etiladi.
Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin. “Status” tarif rejasi abonentlari avtomatik holda “Beeline Club” ishtirokchisiga aylanadilar.
“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.
Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.