Eng yirik aloqa operatori “Beeline” yuqori sifatli ovoz uzatish texnologiyasining hududiy qamrovi kengaygani haqida xabar beradi. Endi Buxoro, Navoiy, Qarshi va Termizdagi abonentlar 3G tarmog‘ida a’lo darajadagi tovushni baholay oladilar.
“Bir necha hududlarda ishga tushirilgan, tovushning yuqori sifatini ta’minlovchi innovatsion xizmat katta qiziqish uyg‘otganini belgilab o‘tishdan mamnunmiz. Mazkur texnologiyani barcha hududlarda joriy etishni davom etmoqdamiz, yaqin vaqt ichida boshqa shahar va viloyatlardagi mijozlarimiz “hozirlik effektini” his eta olishlari haqida xabar beramiz”, - dedi “Unitel”ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining so‘ngida “Beeline” Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Andijon viloyatlarida, shuningdek Qo‘qon shahrida o‘zgaruvchan tezlikdagi keng polosali adaptiv kodlash kodeki 50Gts’dan 7kGts diapozongacha bo‘lgan chastota yordamida yuqori sifatli tovush uzatuvchi texnologiyasi ishga tushgani haqida xabar berdi.