Qoraqalpog'iston Respublkasining To'rtko'l tumani “Ko'hna To'rtko'l” ovul fuqarolar yig'inida nainki mamlakatimizda, balki sayyoramizdagi eng keksa inson istiqomat qiladi.
To'ti momo Yusupova bu yil 135 yoshni qarshi oladilar. Momoning eng kichkina nabirasi 52 yoshli Hosilboy Tojiboevning aytishicha, momo hozir yettinchi avlodini ham ko'rishga muvaffaq bo'lgan. Momoning uyiga mahalliy va xorijiy jurnalistlar, mamlakatimiz va dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar kelib turishadi.
Momoning shuncha yoshga kirganini shaxsini tasdiqlovchi hujjat fuqarolik pasportidan ham ko'rish mumkin.
Manba: Darakchi.uz