
Qo’rqinchli darvozabon
O‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligi mobaynida Shotlandiyaning “Piterboro Yunayted” jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Fred Barber futboldan tashqari kinoga ham qiziqqan. U ayniqsa, “Vyazov ko‘chasidagi dahshatlar” fil’miga qattiq ixlos qo‘ygan edi. Mavsumlarning birida u maydonga o‘sha fil’m qahramoni Fredi Kryuger niqobini taqqan holda chiqishni odat qiladi. Endi u ro‘paradan chiqqanida, raqib hijumchilari qay ahvolga tushganini tasavvur qilavering. Keyinchalik, futbol amaldorlari darvozabonni niqobdan voz kechishga majbur qiladilar.
Eng hayratomuz gol
Eng hayrotomuz gol deb 1973 yilda Barselona bilan bulib utgan baxsda Sparta (Rotterdam) himoyachisi kiritgan gol xisoblanar ekan. Himoyachi tupni o’z darvozasidan uzoqlashtira turib, to’pni kuchli zarba bilan yuqoriga tepib yuboradi.
To’p shamolda uchib borib havoda yorilib ketadi va Barselona darvozasiga ichiga latta holatida tushadi.Hakam tupni almashtirishni buyuradi va o’yinchilarning e’tirozlariga qaramay golni hisobga oladi.
Hakamning futbolchiga “yordami”
Ushbu antiqa voqea 1967 yili Tunis yashil maydonlarining birida yuz bergan edi. O’yindan chetlashtirilgan futbolchi maydonni o’zida yo’q xursand holda tark etgan edi. Bolaligidan eshitish va gapirish qobiliyatini yo’qotgan o’yinchi uchrashuv vaqtida hakam qabul qilgan qarordan judayam achchiqlanib o’zini tutib tura olmadi va kutilmaganda…gapirib yubordi. Futbolchi bor kuchi va inersiyasi bilan hakamga nimalarnidir tushuntirishga harakat qilar edi. Ammo hakam haqqoniy ravishda o’yinchini maydondan chetlatdi.Futbolchi bunga zarracha ham achingani yo’q,Sababi, u qaytadan gapirish va eshitish qobiliyatiga ega bo’lganligidan shod edi.
Eng ko’p avtogol
“Stad Olimpik Emrin” deb nomlanuvchi Madagaskar chempionatida ishtirok etuvchi klub futbolchilari 2002 yilgi chempoionat chempioni “AS Adema” jamoasi bilan bo’lgan bahsda o’z darvozalariga 149 ta avtogol kiritadilar. Bundan maqsad, ularning bir tur avvalgi o’yinda hakamlik qilgan referilar qarorlariga noroziliklarini namoyish etish bo’lgan.
Qirq yil qirg’in bo’lsa, ajali yetgan o‘ladi
1998 yili Kongoda bo‘lib o‘tayotgan futbol o‘yini paytida maydonni yashin uradi. Natijada mezbon jamoaning bari o‘yinchilari halok bo‘lgan, 30 tomoshabin kuygan. Mehmon futbolchilarga esa zarar yetmagan.
Haloskor massajchi
2013 yilda Braziliyadagi “Aparesidense” jamoasining massajchisi o‘z jamoasi darvozasini ikki bora goldan qutqarib qolgan.
“Tupi” futbolchisining yaqin masofadan turib “Aparesidense” darvozasiga bergan zarbasini darvozabon qaytardi, darvozabondan qaytgan to‘pga yana berilgan zarbani esa jamoa massajchisi to‘sib, undan keyin berilgan uchinchi zarbani maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
“Tupi” futbolchilari “Aparesidense”ning “o‘n ikkinchi” o‘yinchisini quvishga tushib ketishgani sababli, o‘yin 20 daqiqaga to‘xtatib qo‘yilgan. Lekin, shundan keyin ham o‘yin davom ettirilmay, 2:2 – durang natija bilan yakunlanadi.
Bu hisob “Aparesidense”ni to‘liq qanoatlantirdi – begona maydondagi durang natija jamoani chorak final bahsiga olib chiqdi. Massajchi Romilda Fonseka da Silva qilgan ishi haqida shunday deydi: “Faqatgina shu harakatim jamoani keyingi bosqichda ushlab qolishi mumkin edi.” “Tupi” jamoasi rasmiylari esa bu vaziyatga “Braziliya futboli tarixidagi eng uyatli vaziyat”, deb baho bermoqda.
Tarixdagi eng uzun futbol o‘yini
Joriy yilda Fransiyaning ikki futbolsevar jamoalari o‘zaro tarixdagi eng uzun futbol o‘yinini o‘tkazdilar.
Uchrashuv 73 soat bo‘lgan (19 iyundan-22 iyungacha) va 475:473 hisobi bilan yakun topgan. O‘yin hayrli ishlar maqsadida tashkil etilgan va barcha mablag‘ Kriglera-Nayyara kasallikga qarshi kurashish fondiga jo‘natilgan.
Har bir jamoadan maydonga 11 tadan o‘yinchi chiqgan va 7 tadan esa zahirada o‘tirishgan. O‘yin tanafussiz kechayu-kunduz bo‘lib o‘tgan. O‘yinchi almashtirilganda u ikki soat zahirada dam olgan, keyin esa maydonga qaytib boshqa o‘yinchi bilan almashtirilgan.
«Shunday vaziyat bo‘ldiki, hatto biz xech nima chiqmaydi degan hayolga ham bordik. Ikki futbolchilar o‘yinni davom ettira olmadilar va o‘yinning o‘rtalarida ularni shifoxonaga olib ketishdi. Biroq bir necha ming muhlislarning qo‘llashi o‘yinni oxirgacha yetkazishga yordam berdi», —deb aytib o‘tdi tashqilotchilardan biri Vinsent Stelletta.
Kutilganidek, natija Ginness kitobiga kiritilishi uchun o‘yinda barcha qoidalar bo‘lgan. Oldingi rekord o‘yin uzoq davomiyligida Manchesterda 2013-yilda bo‘lib o‘tgan. Ushbu o‘yinda ikki jamoalar 72 soat maydonda to‘p surishgan.