Italiyaning Sitsiliya orolida Yevropaning eng katta vulqoni — Etna uyg‘ondi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
“Oroldagi vulqon 7 kilometr balandlikka kul sochdi. So‘nggi ikki yilda birinchi marta Voragin krateridan lava oqib chiqmoqda”, — deyiladi Italiya Milliy geofizika va vulqonshunoslik instituti axborotida.
$IMAGE5$
Vulqon otilishi munosabati bilan Kataniya aeroporti va Rejo-di-Kalabriyadagi aviareyslar bekor qilingan.