Eng keng qamrovli onlayn nashr "Gooper.uz viktorinasi"ning so'nggi yarim finalini ochiq deb e'lon qiladi. Bugun to'rtinchi yarim final savollari e'lon qilinadi. Birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan 5 ishtirokchi finalda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Tanlov haqida batafsil ma'lumotni bu yerda olishingiz mumkin.
Savollar qanday bo'ladi?
So'nggi, to'rtinchi yarim finalda 2 dona qiziqarli savol beriladi. Ishtirokchilar javoblarini sharxlarda qoldiradilar yoki bu yerdagi forma orqali bizga jo'natadilar. Ikkala holatda ham javoblar qabul qilinadi. Shuningdek Gooper.uz'ning telegramdagi boti orqali ham javoblarni yo'llashlari mumkin. Buning uchun @Gooperbot'ni topishlari va a'zo bo'lishlari kerak va "Gooper.uz viktorinasi" menyusidan foydalanishlari lozim.
Birinchi va eng to'g'ri javob bergan 5 ishtirokchi finalda qatnashish huquqini qo'lga kiritishadi. Finalda g'olib bo'lgan uch ishtirokchi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadilar:
Birinchi o'rin: Samsung Galaxy Note 5 smartfoni
Ikkinchi o'rin: UZTE Grand V7 smartfoni
Uchinchi o'rin: Beeline G2100 telefoni
O'zgarish: Do'stlar ba'zi sabablarga ko'ra tanlov o'tkazilish muddatini qisqartirishga majbur bo'ldik. Shuning uchun bu so'nggi yarim final baxsi bo'ladi. Undan so'ng esa uzoq kutilgan final bosqichini o'tkazamiz. Barchaga rahmat!
Savollar:
1. Savol: Annaning otasini 5ta qizi bor. Ularning ismlari 1. Chacha 2. Cheche 3. Chichi 4. Chocho. Beshinchi qizning ismi nima?
2.Savol: Qirg'oqqa ikkita odam yaqinlashdi. Qirg'oqda bitta qayiq bo'lib, faqat bitta odamni ko'tara oladi. Ikkala odam ham narigi qirg'oqqa o'tib olishdi. Savol: Qanday qilib?
Javoblar qabul qilish 20-yanvar 23:59 da yakunlanadi. To'g'ri javoblar va finalning so'nggi 5 ishtirokchisining nomlari 21 - yanvar kuni soat 15:00 da Gooper.uz'da e'lon qilinadi.
! Haqqoniy bo'lishi uchun ishtirokchilar bir-birlarining javoblarini faqat to'g'ri javoblar e'lon qilingandan so'ng ko'rishlari mumkin.
Barchaga omad! ;)