Eng keng qamrovli onlayn nashr "Gooper.uz viktorinasi"ning finalini ochiq deb e'lon qiladi. Bugun final savollari e'lon qilinadi.
Savollar qanday bo'ladi?
Finalda 3 dona qiziqarli savol beriladi. Ishtirokchilar javoblarini sharxlarda qoldiradilar yoki bu yerdagi forma orqali bizga jo'natadilar. Ikkala holatda ham javoblar qabul qilinadi. Telegram orqali jo'natilgan javoblar inobatga olinmaydi.
Birinchi va eng to'g'ri javob bergan 3 ishtirokchi g'olib deb topiladi va quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadilar:
Birinchi o'rin: Samsung Galaxy Note 5 smartfoni
Ikkinchi o'rin: UZTE Grand V7 smartfoni
Uchinchi o'rin: Beeline G2100 telefoni
Savollar:
1. Savol: Chorraha. Svetafor. Yuk mashinasi, ot arava va motosikl yashil chiroq yonishini kutishmoqda. Yashil chiroq yondi va yuk mashinasi o’t oldirdi. Ot qo’rqib ketib, motosiklchining qulog’ini tishlab oldi. Huddi yo’l transport hodisasi, qoidani kim buzgan?
2.Savol: Bir kunda bir tug’ruq xonada 2 chaqaloq tug’ildi. Ularning ota-onalari bitta uyga ko’chib o’tishdi. Bolalar bitta xonada yashab, bitta maktabda bitta sinfda taqsil olishdi. Biroq ular hech qachon bir-birlarini ko’rmaganlar. Qanday qilib shunday bo’lishi mumkin?
3. Savol: Aziza xo’rozqand sotib olishni hoxlardi. Ammo, buning uchun unga 10 so’m yetmayotgan edi. Sardor ham xo’rozqand olishni re’ja qilib yurgan edi. Unga atigi 1 so’m yetmayotgan edi. Ular ikkalaligi uchun noaqal bitta xo’rozqand olishni kelishib olishdi. Ammo, ularga baribir 1 so’m yetmadi. Xo’rozqandning narxi qancha?
Javoblar qabul qilish 27-yanvar 23:59 da yakunlanadi. To'g'ri javoblar va "Gooper.uz viktorinasi" g'oliblarining nomlari 28 - yanvar kuni soat 15:00 da Gooper.uz'da e'lon qilinadi.
! Haqqoniy bo'lishi uchun ishtirokchilar bir-birlarining javoblarini faqat to'g'ri javoblar e'lon qilingandan so'ng ko'rishlari mumkin.
Barchaga omad! ;)