Har bir insonning tongda uyg'onishi kundalik rituali sanaladi. Kimdir o'z-o'zi bilan suhbat qurib ko'zini ochadi, yana kimdir esa an'anaviy tarzda qo'ng'iroqli soatni yana 10 daqiqa oldinga burab qo'yadi, ba'zilar juda tez uyqudan turishadi. Fitnes-trener Kreyg Ballantayn erta uyg'onish va sog'lom ovqatlanish bo'yicha blog olib boradi. U tunda miriqib dam olib, tongda tetik va kuchga to'lgan holda uyg'onishga yordam beruvchi 10-3-2-1-0 formulasini ishlab chiqdi.
Kreygning fikricha, ideal uyqu tongda boshlanadi va unga avvaldan tayyorgarlik ko'rmoq lozim. Buning uchun beshta vaqt nuqtalariga e'tibor berishga to'g'ri keladi:
- • Uyqudan 10 soat avval: hech qanday kofein
- • Uyqudan 3 soat avval: ovqatlanmaslik va alkogol iste'mol qilmaslik
- • Uyqudan 2 soat avval: ishlamaslik
- • Uyqudan 1 soat avval: hech nima tomosha qilmaslik
- • 0: tongda shuncha miqdorda budilnikdagi qaytarish tugmasini bosmaslik.
10 soat: qonning kofein tarkibli ichimliklar (kofe, qora va ko'k choy, koka-kola, quvvat beruvchilar, shokoladlar va v.h.) ta'sirida ko'payuvchi omillardan tozalovchi vaqt.
3 soat: organizm o'z vaqtini kechki ovqatni hazm qilishga va alkogol ichish oqibatlarini bartaraf etishga sarflaydi va keraklicha hordiq chiqaradi.
2 soat: ish bilan shug'ullanmang, hattoki ish haqida hech narsani o'ylamang. Ishlashni ertangi kunga qoldiring.
1 soat: barcha ekranli qurilmalar ishlatishdan o'zingizni tiying: telefon qo'ng'iroqlari, elektron qutini tekshirish, ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish va shu kabilar. Ko'z va miyangizga dam bering.
0 marta: qo'ng'iroqli soatdan so'ng uyg'onib, qaytarish tugmasini bosmaslik, doimiy odatni shakllantiradi. Bu esa yana qisqa vaqtli uyquga ketib, o'zingizni lanj his etishingizni oldini oladi.