Rossiyaning “AvtoVAZ” avtokontserni Lada Xray modelining tashqi ko'rinishini rasman oshkor qildi. Uning rasmlari internet nashrlariga yo'llandi.
“Lada Xray – SUV uslubida ishlangan kompakt xetchbek.
Avtomobil Lada’ning yangi Vesta’dan keyingi X-uslubida ishlangan ikkinchi modeli bo'ladi. Avtomobil Renault — Nissan alyansi bilan hamkorlik doirasida yaratilgan. Uning tarkibida 500dan ortiq original detallar bor”, - deyiladi xabarnomada.
Dastlab mashinaning 180 dona sinov nusxalarini chiqarish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda ulardan 109tasi tayyor bo'lgan.
Modelning seriyali ishlab chiqarilishi 39 kundan so'ng – 15 dekabrdan boshlanadi. Sotuvlar 2016 yil fevralidan boshlanadi.