LG Electronics kompaniyasi DM-01G nomiga ega, Mikki Maus mavzusidagi tashqi bezak va foydalanuvchi interfeysi dizayni bilan farqlanib turuvchi smartfonni namoyish qildi.
Uolt Disney studiyasi multfilmlarining mashhur qahramoni va uning sevgilisi Mini Maus ushbu smartfonning orqa qopqog'ini bezab turadi. Displey ostida butun dunyoga mashhur bo'lgan multqahramonning boshi aks etgan logotip joylashgan. Bu logotip ko'rinishicha “Uyga qaytish” tugmasining vazifasini bajaradi.
Smartfonda o'rnatilgan Android 5.0 Lollipop operasion tizimi Disney multfilmlaridan bir nechta mavzular bilan to'ldirilgan. Yangi qurilma uchun ekran darchasi bor, Mikki Maus boshi va quloqlari ko'rinishiga ega g'ilof ham taklif etiladi.
LG DM-01G modeli texnik nuqtai nazardan o'rta darajadagi qurilmalarga mansub bo'lib, u 5,2-dyuymli, ko'rsatish qobiliyati 1920 × 1080 nuqtaga ega IPS displeyi, Qualcomm Snapdragon 801 prosessori, 2 Gb tezkor xotira va 16 Gb doimiy xotira hamda ikkita – 13,2 Mp li asosiy va 2,4 Mp li old kamera bilan jihozlangan.
Akkumulyator batareyasining hajmi 2900 mA•soatni tashkil etadi. Telefon IP67 himoya darajasini oldi, bu unga 1 metr chuqurlikda yarim soat davomida hech qanday salbiy oqibatlarsiz qolish imkonini beradi.
LG DM-01G havorang, oq va pushti ranglardagi korpuslarda taklif etiladi. Smartfon avval Yaponiyada sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.