Vazirlar Mahkamasi Qarorining loyihasi yangi avtomobillar savdosi bilan shug'ullashni faqat yuridik shaxslar O'zbekiston hududida texnik xizmat ko'rsatish shahobchalariga ega bo'lgan ishlab chiqaruvchi-tashkilotlarning rasmiy dilerlari orqali amalga oshirishni nazarda tutadi, deb yozadi "Kun"
Davlat portallarida Vazirlar Mahkamasining Eldquo;Texnik xizmat ko'rsatishni mukamallashtirish va avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanishni ta'minlash to'g'risida”gi Qarori loyihasining muhokamasi boshlandi.
Xujjatda 2017 yil 1 yanvardan M1 (engil) va N (yuk) kategoriyali yangi avtomobillari savdosini faqat yuridik shaxslar O'zbekiston hududida texnik xizmat ko'rsatish shahobchalariga ega bo'lgan ishlab chiqaruvchi-tashkilotlarning rasmiy dilerlari orqali amalga oshirish taklif etiladi, deb xabar beradi norma.uz.
Shuningdek, IIV faqat talablar to'liq bajarilgandagina yangi avtomobillar savdosi uchun maxsus ma'lumotlar va hisob-kitoblar blankini taqdim etadi.
Qaror loyihasida avtotransport vositalariga xizmat ko'rsatish shahobchalarini tashkil etish qoidalari ham mavjud.
&slatib o'tamiz, avvallari boshqa texnik xizmat ko'rsatish shahobchalari bilan yangi mahalliy avtomobillarga savdooldi xizmat ko'rsatish to'g'risida kelishuv imzolagan dilerlarga ham yangi avtomobillarni sotib olishga ruxsat berilar edi.