O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan “Yelsin Kubogi” xalqaro tennis musobaqasining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro tennis federatsiyasining ma’lum qilishicha, chorak finalda 17 yoshli O‘zbekiston vakili britaniyalik Rayan Jeyms Storriyega qarshi kortcha chiqdi va 6:2, 4:6, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Karimov o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlagan edi. U bu davrada rossiyalik Ivan Mixaylyukni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, uchinchi davrada Aleksey Zaxarovni 6:4, 6:4 hisobida taslim etilgandi.
Musobaqaning final yo‘llanmasi uchun bahsda Jo‘rabek Karimov rossiyalik Pavel Kotovga qarshi kortga chiqadi.
Manba