"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini "CHelsi"ga qarshi Angliya Kubogi 1/8 final uchrashuvidan (21 ferval) oldin turnirni qayta tuzish haqida fikr bildirdi, deb yozadi "Championat.asia".
"Boshqa mamlakatlarda CHempionlar ligasida o'ynayotgan jamoalarga ko'proq yordam berishadi. Bu haqda gapirmoqchi emasman, ammo taqvim tuzuvchilar bunga etibor berishlari lozim. Angliya Kubogi muammolar keltirib chiqaryapti, chunki o'yinlar dam olish kunlari bo'lyapti va mavsum oxirida charchoq seziladi. Angliya Kubogi formatidagi bazi narsalar menga yoqmaydi. O'zgarishlar kiritish kerak" - deydi Pellegrini.