Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Qo‘qonda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ishga tushirilganligi haqida xabar berdi. Hamza ko‘chasi, 12 manzili bo‘yicha kompaniyaning navbatdagi shaxsiy salonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Abonentlarimiz uchun bir qadam yaqinlikda bo‘lgan yuqori darajali xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida ”Beeline” tashqi savdo tarmog‘ini rivojlantirish ustida faol ish olib bormoqdamiz. Ofisni yasatar ekanmiz, avvalam bor, unga tashrif buyurganlarning qulayliklari va pozitiv mijozlik tajribasiga ega bo‘lishlari haqida o‘yladik”.


Ofis taqdimotiga ko‘plab mehmonlar tashrif buyurdilar, ular o‘sha joyning o‘zida “Beeline”ning eng oldi xizmat ko‘rsatish standartlarini baholay oldilar. Barcha kelganlar uchun oltin raqamlar, shuningdek Samsung Galaxy Ace 3 va UZTE Grand V7 smartfoni sovrinli o‘yinlari o‘tkazildi.
