Checheniston rahbari Ramzan Qodirov aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov bilan suratga tushdi va unda Rossiyaning YotaPhone 2 smartfonini namoyish qilishni ham unutmadi, deb yozadi “Mail.ru”.
“YotaPhone’dan ko‘ra yaxshiroq mobil telefon yo‘q! Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov ham men kabi undan foydalanishini bilib, bunga shu safar yanada amin bo‘ldim”, — deb yozdi Qodirov o‘z Instagram’ida.
U shuningdek texnologiyalar masalasida Nikiforovning obro‘si u uchun o‘zgarmas ekanligini ta’kidladi: “Nikolay Anatolyevich bu narsalarning farqiga boradi. Agar u tavsiya qilsa, har qanday shubhalar tarqalib ketadi”.