"Lester" jamoasi bosh murabbiyi "Uotford"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi, deb yozadi "Championat.asia".
"Hozirda biz uchun har bir o'yin bu katta jang. Umuman premer-ligada har bir jamoa uchun ayni paytda g'alaba juda zarur. Kante oxirgi mashg'ulotlarda umumiy guruh bilan shug'ullandi. Uning o'yinga tushishini esa uchrashuvdan oldin hal etaman. Lekin shuni qo'shimcha qilishim mumkinki, u bu turda jamoamizga yordam berishi mumkin. Men o'z falsafamni futbolchilar miyasiga singdirishga harakat qilyapman. Hozirda biz boshqa jamoalarning natijalariga etibor bermasligimiz kerak. Bu biz uchun qiziq emas va ahamiyati yo'q. Jamoa o'z imkoniyatlari haqida o'ylashi lozim", - dedi Klaudio Raneri.