"Lester" ustozi Klaudio Raneri kolbasani yaxshi ko'rishini tan oldi, deb yozadi "Championat.asia".
Lesterlik qassoblardan biri kolbasaning yangi turini yaratdi va uni "tulkilar"ning muvaffaqiyatli ishtiroki uchun Raneri deb nomladi.
"To'g'risini aytsam kolbasani yaxshi ko'raman. O'yinga keladigan bo'lsak, muvaffaqiyatimizni davom ettirishimiz lozim, bo'shashmasligimiz kerak. "Tottenxem" juda kuchli, "Arsenal" esa CHLdan chiqib ketdi va endi ko'proq dam oladi. Bizdan pastdagi bazi jamoalar sakkiz uchrashuvda 24 ochko to'plashi mumkin" - deydi Raneri.
Angliya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.