"Roma" sardori Franchesko Totti mavsum oxirida jamoasini tark etishi mumkin, deb yozadi "Championat.asia".
Klub rahbariyati 39 yoshli futbolchiga biror vazifa taklif qilmayapti, shu sababli Totti jamoani tark etishi haqiqatga yaqinroq. Franchesko futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Malumotlarga ko'ra, italiyalikka "Lester Siti" ustozi Klaudio Raneri qiziqish bildirmoqda. Totti yozda erkin agentga aylanadi va ingliz klubiga tekinga o'tishi mumkin.