"Lester Siti" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "tulkilar" bilan shartlari yaxshilangan yangi bitim imzolashi mumkin edi, deb yozadi "Championat.asia".
Oldinroq 64 yoshli mutaxassis bir necha mavsum davomida "Lester"ni boshqarishni va shundan so'nggina faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytgan edi. Ammo klub italiyalikning boshqa grand jamoaga o'tib ketishidan xavfsiramoqda. Murabbiy va klub o'rtasidagi shartnomada mutaxassis badal puli 1 mln. funt etib belgilangan. SHu sababli "tulkilar" bu bandni qayta ko'rib chiqmoqchi.
Oldinroq 64 yoshli mutaxassis Yevro-2016dan so'ng Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi elon qilingan edi.