Eng Sahovatpesha Tilanchi
Bolgariyaning Bailovo qishlog’ida yashovchi 98-yoshli ushbu chol har kuni erta saharlab turib, shaharda tilanchilik qilish uchun 10 kilometrlik yo’l bosadi. 2010-yili Bolgariya televideniyasida cherkovlar haqida hujjatli film olinish jarayonida hayriyalar haqidagi qiziq hujjatga duch kelishadi. Ushbu hujjatda eng sahovatpesha kimsa 40 000 yevro bilan tilanchi chol bo’lib chiqadi. Ma’lum bo’lischicha, u tilanchilik qilib topgan barcha pulini cherkovga hamda bolalar uyiga hadya etib, har oy oziq-ovqat maxsulotlari sifatida oladigan 100 yevrolik pensiyaga kun kechirar ekan. U shuningdek, uyi yo’q odamlar hamda boshqa muhtojlarga ham yordamini ayamaydi.
...
Davomini o'qish »