Stella mukofoti (The TRUE Stella Awards) 2002-2007 yillarda AQSHda amalda bo’lgan eng bema’ni sud qarorlariga beriladigan mukofotdir. Bu mukofot 1992 yilda Makdonalds restoranlaridan birida o‘ziga qahva to‘kib yuborib, shundan so‘ng restoranni sudga bergan Stella Libek nomi bilan atalgan. O‘shanda sud kampirshoga 2,9 million aqsh dollari miqdorida tovon puli to‘lashga hukm chiqargan. Mukofotning asosiy maqsadlaridan biri, uydirma voqealarni haqiqatda sodir bo‘lgan hodisalardan ajratishdir. Quyida ushbu mukofotni qo’lga kiritgan ba’zi antiqa sud qarorlaridan bir nechtasini keltirib o’tamiz.