21-fevral, yakshanba kuni Suriyaning Xoms shahrida mina o‘rnatilgan ikki avtomobil portlab ketishi natijasida kamida 57 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Suriyada inson huquqlari bo‘yicha nazorat kengashiga tayanib.

Bundan tashqari, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha o‘nlab kishi yaralangan.
Avvalroq terakt natijasida 46 kishi nobud bo‘lgani xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, teraktlar 21-fevral, yakshanba kuni tongda Xoms g‘arbidagi Az-Zahro dahasida, Sittin ko‘chasida sodir bo‘lgan. Minalashtirilgan avtomobillar mahalliy universitet talabalarini mashg‘ulotlarga tashiydigan mikroavtobuslar turargohida portlatilgan.
Suriyaning Damashq shahri janubida ham 21-fevral, yakshanba kuni kechqurun bir qator portlashlar natijasida kamida 30 kishi hayotdan ko‘z yumdi.