Tashkilotda moliyaviy rejalashtirishni to'g'ri yo'lga qo'yish juda qiziq va shuning bilan birga juda ham chigal masala. Ko'pincha ish yuzasidan suhbatlashish borasida kompaniyalar muammolari bilan to'qnashishimizga to'g'ri keladi. Ularning keng tarqalganlaridan biri aylanma oborotlarning etishmasligi, beqarorlik va hokazolar, negaki kompaniyaga tushgan pullar o'sha zahoti sarflanadi va natijada vositalar kirimiga tobelik kelib chiqadi.
Agar ishlar oldinga ketsa, bu tezda ko'zga tashlanmaydi, sezilmaydi, lekin qandaydir sabablarga ko'ra inqiroz yuz bersa, bu shu ondayoq falokatga aylanadi.
Ko'pincha kompaniya rahbarlari qo'lidagi vositalar hisobini, o'z biznesining foydasi qancha ekanini bilmaydi. Natijada u o'zining ichki sezgilariga ishonib qoladi.
Buxgalteriya hisobotlariga qaraganda, pullar qayoqqa ketganiga, balanslar nega mos kelmayotganini tushunmagan paytingda qiynaydigan og'rikli muammo ko'pchilikka juda yaxshi tanish. Moliyaviy rejalashtirish tizimi joriy qilingan bo'lsada, ba'zan buxgalterlarga real pullar hisob-kitobini olib borishni ishonmaslik kerak degan fiqaga kelasan kishi. Ular ko'pincha qo'pol matematik xatolarga yo'l qo'yadilar, chunki har doim balanslarning teng bo'lishi bilan ovora bo'lib qoladilar. Korxonani moliyaviy rejalashtirishni to'g'ri tashkillashtirish yordamida moliyaviy harakatlarni tezda tartibga solib olish mumkin. Biz shu orqali qaerda qancha pulimiz borligini, haftasiga kancha foyda olishimizni aniq bildik. Nihoyat rezervlarimiz paydo bo'la boshladi va biznesimizdan keladigan foyda o'sdi. Kimning qancha pul o'g'irlagani yoki o'ylamay sarflaganlari shundok ko'rinib qoldi. Eng muhimi, ishchilar ishlab chiqarish va mas'uliyatni ko'prok o'z bo'yinlariga ola boshladilar.
Xo'sh, yuqorida ta'kidlayotganimizdek tizim qanday ishlaydi? Bir maqolaning o'zida uning butun printsiplari haqida to'la ma'lumot berishning imkoni yo'q, lekin har bir rahbar bilishi kerak bo'lgan qoidalar haqida albatta gapirib o'tamiz.
Kompaniya bir tekis, tanazzulga uchramay rivojlanishi uchun pulning qaerdan kelib, nimalarga sarf bo'layotganini aniq bilishingiz lozim. Avval kompaniyangizning bir oylik yoki bir haftalik doimiy xarajatlarini ko'rib chiqaylik. Har kim o'zining korxonasida haftalik sarf-xarajatlarni o'rganib chiqsin, bu ularga moliyaviy siyosatni aniq yuritishga, oylik maoshlarni o'z vaqtida to'lashga, oxirgi faoliyat natijasini baholashga yordam beradi. Shuningdek, bir oyda bir marta ishlab chiqiladigan to'lovlar, soliqlar proportsional ravishda ish kuni soniga bo'linadi. Shunday kilib, sizlarga quyidagicha ish yuritishingizni taklif qilaman. Doimiy xarajatlaringizni o'rganib chiqing.
Bunga:
1. ishchilar oyligi;
2. mahsulot ishlab chiqarishingiz uchun xom ashyo (yoki sotish ishi bilan mashg'ul bo'lsangiz tayyor mahsulot);
3. ijara uchun to'lov (agar idora o'zingizniki bo'lsa, u holda ijara haqi emas, kommunal to'lovlarini to'laysiz);
4. telefon, internet, xalqaro aloqalar va boshqalar uchun to'lov;
5. reklama uchun to'lov;
6. soliqlar;
7. tashkilotning umumiy xarajatlari;
8. rejadagi boshqa xarajatlar.
Agar kredit bo'yicha, jihozlar va h.k.dan qarzingiz bo'lsa, u holda haftalik to'lovlar ro'yxatiga bu qarzlar ham kiritilishi lozim.
Agar kompaniyangizning o'ziga xos qandaydir xarajatlari bo'lsa, ular ham nazarda tutilishi kerak. Shunday qilib, qo'lingizda bir haftalik xarajatlar summasi turibdi. Mana shu 1 sonli moliyaviy rejalashtirish (№1 MR) deyiladi. U o'z ichiga faqat eng zarur bo'lgan tashkilot xarajatlarini oladi.
Kompaniyangiz qancha foyda ko'rayotganini bilasizmi?
Oxirgi 16 haftadagi kirimni belgilang va hisoblang. Shundan o'rtacha haftalik foydani keltirib chiqaring. Agar natija №1 MRdan yuqori bo'lsa, demak, kompaniyangizda hamma ishlar joyida. Bu esa yana qandaydir chora-tadbirlar ko'rishingizga imkon beradi (masalan, muassislarga dividend to'lash, ishchilarga mukofot berish, ishlab chiqarishga yangilik kiritish, xodimlar malakasini oshirish, yangi loyiha ustida ishlash va h.k.).
Agar o'rtacha haftalik daromaddan asosiy xarajatlar ko'p bo'lsa, u holda xarajatlar miqdorini kamaytirishga to'g'ri keladi.
Amerikalik menejer L. Ron Xabbard o'zining "1 sonli moliyaviy rejalashtirish dasturi”da quyidagi ko'rsatmalarni beradi: "Yuqoridagi usulda o'rtacha haftalik daromadni keltirib chiqarganingizdan so'ng har haftada qancha xarajat bilan biznesingiz yurib turishini bilasiz. Agar haftalik daromadingiz u qadar katta bo'lmasa, shu onda qo'lga kiritayotganingizdan-da ko'p sarflayotganingizni tushunasiz va sotish uchun kuchingizni ishga solasiz. Tashkilot ishlab topganidan ko'ra katta xarajat kilganida jamiyatga nisbatan xavfli vaziyatga tushib qoladi, ya'ni ixtiyoridagi pulni hisob bo'yicha ortiqcha to'laydi. Bunday tashkilot "30 kun ichida to'lab qo'ying yoki marhamat ko'rsating” tamoyili asosida ishlaydi.
Moliyaviy hafta tugaganidan so'ng jamoada haftalik yakunlari muhokama qilinadi. Hafta mobaynida kilingan xarajatlar hisoblanadi va fondlarga taqsimlanadi. Oylik maosh fondi odatda tashkilotda 30 foizdan oshmaydi. Shundan kelib chikkan holda №1 MRda necha foiz tashkil etishi keltirib chiqariladi (aytaylik 5 foiz). Rivojlanish va reklama uchun mablag' ajratish juda muhim, ayniqsa, ishlar u qadar oldinga siljimayotgan bo'lsa. Reklama pulni ayab, iqtisod qiladigan soha emas. Shundan so'ng to'lovlar uchun o'tgan haftadagi hamma hisoblar o'rganiladi, shuningdek, xodimlardan tushgan talablar ham.
Talablar — bu juda qiziqarli hol. Xodimlar ishlashlari uchun kerak bo'ladigan narsalar uchun talabnomalar beradilar, rahbar esa ulardan eng zarurlarini belgilab, qancha xarajat bo'lishini hisoblab chiqadi. Eng muhimi, ularda kompaniyaning gullab-yashnashi va ishchilarning yaxshi oylik olishlari uchun kancha vositalar kerakligi anik ko'rinadi. Ularning ko'pchiligi katta moliyaviy yutuklarga erishishda ishtirok eta boshlaydilar.
Shu tariqa kirimga tushgan mablag'ni behuda sarflashlarga chek qo'yiladi. Ya'ni kompaniya keyingi haftadagi xarajatlarini bu haftadagi №1 MR yakuniga qarab rejalashtirishiga imkon tug'iladi Ba'zida ijara fondidan oylik to'lash uchun qarz olishga to'g'ri keladi yoki aksincha, lekin bu qoidaga aylanib qolmasligi zarur. Faqat №1 MR ma'qullangani va ruxsat etilganidan so'ng kompaniya buxgalteriyasi to'lovlarni to'lashga kirishadi. Bu moliyaviy rejalashtirish texnologiyasining bir qismi, xolos. Eng muhimi, uni katta-kichikligidan qat'i nazar, har qanday tashkilotda joriy etsa bo'ladi.
"Biznes-konsultant” jurnalidan olindi.