Xitoyning Guandun provinsiyasiyada yashovchi erkaklar 8 mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o`ziga xos aksiya uyushtirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabariga asoslanib "Darakchi" ma'lumot bermoqda.
Bir qator erkaklar ayollar ko`ylagi va baland poshnali oyoq kiyimlar kiyib, baland tog` cho`qqisiga ko`tarildi. Aksiyadan ko`zlangan maqsad zamonaviy ayollar to`qnash keladigan qiyinchiliklar va murakkabliklarni yaxshiroq his etish edi.
Aksiya ishtirokchilariga sayyohlar va boshqa erkaklarning nigohi qaratilgani bois, ular tepaga ko`tarilayotgandagi qiyinchiliklarni boshqalarga sezdirmaslikka urindi. Biroq, tog`dan pastga tushayotganda ko`pchilik erkaklar baland poshnali oyoq kiyimni echib tashladi.
Mazkur aksiya haqidagi ma`lumotlar People's Daily nashrining Facebook`dagi sahifasida e`lon qilindi va qisqa vaqt ichida sakkiz mingdan ko`proq “layk” yig`di.