Suriyaning Xoms va Damashq shaharlarida sodir etilgan teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 146 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayangan holda “RBK” nashri xabar bermoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha Suriya observatoriyasi tashkiloti taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Damashqdagi teraktlar qurbonlari soni 87 kishini, Xomsda halok bo‘lganlar soni esa 59 kishini tashkil qilgan.
Teraktlar 21-fevral kuni amalga oshirildi. Yakshanba kuni tongda Xoms g‘arbidagi Az-Zahro dahasida, Sittin ko‘chasida minalashtirilgan avtomobillar mahalliy universitet talabalarini mashg‘ulotlarga tashiydigan mikroavtobuslar turargohida portlatilgan. O‘sha kunning adog‘ida Damashqning shialar istiqomat qiladigan tumanlarida bir nechta portlash sodir etilgan.
Teraktlar uchun javobgarlikni IShID guruhi o‘z bo‘yniga oldi.