NASA olimlari kosmik obyekt Yer sayyorasining yonidan uchib o'tishini aytishmoqda.
"Ulkan asteroid sayyoramizga yaqinlashib kelmoqda. 10 oktyabr kuni u Yerdan 26 million kilometr uzoqlikdan uchib o'tadi. 86666 (2000 FL10) raqamli ushbu asteroidning diametri 1,5 dan 2,5 kilometrgacha. U soatiga 60 km tezlikda uchib kelmoqda", deyiladi xabarda.
Olimlarning ta'kidlashlaricha, agar asteroid Yerga urilsa, bu katta fojiaga aylanadi. Ya'ni u Yerning ozon qatlamiga zarar yetkazadi. Natijada esa jiddiy iqlim o'zgarishiga olib keladi. Sunamilar 90 metr balandlikka yetishi mumkin.
NASA olimlari bunday holat yuz bermasligiga ishontirishmoqda. Mutaxassislarga ma'lum bo'lgan barcha asteroidlar Yer bilan to'qnashishda 0,01 foiz imkoniyatga ega.