Afg‘oniston armiyasi va xavfsizlik kuchlari oxirgi sutka ichida mamlakatning turli qismlarida olib borilgan operatsiyalar davomida kamida 50 nafar jangarini yo‘q qildi. Jangarilarning yana 44 nafari yaralangan. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Boshqarmaning xabar berishicha, yana 11 nafar jangari qo‘lga olingan.
Aksilterrorchilik operatsiyalari davomida Afg‘oniston armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.
Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bag‘lon viloyatida 15 nafar, Badaxshonda 12 nafar jangari yo‘q qilingan. Bundan tashqari, Uruzgon, Parvan va Gilmend viloyatlarida jangarilar yo‘q qilingan.
Manba