19-fevral, juma kuni Hindiston sharqidagi Jarkxand shtatida kamida to‘rt nafar maochi jangari yo‘q qilindi. To‘qqiz soatga yaqin davom etgan otishmada ikki nafar politsiyachi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Operatsiya 18-fevral, payshanba kuni huquq-tartibot idoralari Ranchi okrugida 40 nafar maochidan iborat otryad harakatlanayotgani haqida ma’lumot olganidan so‘ng boshlandi.
Jangarilarning aksariyati qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda ular qidirilmoqda, buning uchun qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari tashlangan.
Manba