AQShning Long-Aylend shahrida 9 yoshli qizchaga pitbul zotli it tashlandi, deb xabar bermoqda The New York Post.
Ikki yoshli it unga hujum qilganida, qizcha uyining ort tarafida o'z dugonalari bilan o'ynayotgan edi. Hatto yoshi katta qo'shnilar ham itni qizchadan ajrata olishmadi. “It qizchaning bo'ynidanmi, qulog'idanmi tishlab olib, uni xuddi qo'g'irchoq singari u yoqdan-bu yoqqa siltar edi”, — dedi qo'shnilardan biri.
U bilan o'ynayotgan qizchalar qochib ketishgan va yordam chaqirishgan. Voqea joyiga etib kelgan politsiya xodimlarining aytishicha, it ularga ham hujumga o'tgan. Shunda xodimlardan biri unga qarata uch marta o'q uzgan va pitbulni o'ldirgan. Qizchani shifoxonaga olib borishgan, ammo oradan ikki soat o'tib u vafot etgan.
Pitbulning egasi bo'lmish 29 yoshli Karlayl Arnoldni hibsga olishgan. Arnoldning qarindoshlari it odamlarga nisbatan muloyim bo'lganini, bo'lib o'tgan voqeadan hayratga tushishganini ma'lum qilishgan.