AQShda 16-sentabr kuni Milliy razvedka agentligining sobiq xodimi haqida hikoya qiluvchi “Snouden” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Snoudenning advokati Anatoliy Kucherena (film uning romani asosida suratga olingan) ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Filmga Oliver Stoun rejissorlik qildi. Unda Jozef Gordon-Levitt bosh rolni o‘ynagan, Sheynlin Vudli, Nikolas Keyj kabi taniqli aktyorlar ishtirok etgan.
Kucherena filmni suratga olish jarayoni AQSh rasmiylari bosimi va tahdidi tufayli Germaniyada bo‘lib o‘tganini bildirdi.
“AQSh hududida Snoudenni suratga olishga tayyorgarlik chog‘idayoq jiddiy muammolarga duch keldik va bu bizni xavotirga soldi. Natijada Oliver Stoun filmni asosan Germaniyada suratga olishga qaror qildi. Bir qator yirik kompaniyalar, jumladan, BMW avtokonserni suratga olish guruhi bilan hamkorlikdan bosh tortdi”, — deya ta’kidlagan advokat.
Manba