Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Facebook” va “OK.RU”dagi “Beeline Uzbekistan” sahifalarida “Va4achni yuklab ol!” nomli tanlovni boshladilar. Tanlov 2016 yilning 12 yanvaridan 23 yanvar kuniga qadar davom etadi. G‘oliblar quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritadilar:
I o‘rin – hard disk 1 Tbayt
II o‘rin – portativ quvvat moslamasi Power Bank
III o‘rin – selfie-tayoqcha
Tanlovda ishtirok etish uchun “Facebook” va “OK.RU”dagi “Beeline Uzbekistan” sahifalariga a'zo bo‘lish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida mobil raqamning so‘ngi 4 sonini yozib qoldirish lozim. Har bir ishtirokchi faqat bir dona sharh qoldirishi mumkin.
G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti www.facebook.com/beeline.uz va www.ok.ru/beeline.uz sahifalarida 23 yanvar kuni chop etiladi.
“Va4ach” messenjerini Google Play‘dan quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.unitel.va4ach