Jahon bozoridagi neft narxi AQShdagi tijorat zaxiralari sezilarli ravishda ko‘paygani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgach, tushib bormoqda, deb yozadi “Vedomosti”.
Xususan, 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da Brent markasidagi neftning may oyidagi fyucherslari 2 foizga arzonlashib, barreliga 40,76 dollarni tashkil etdi.
WTI markasidagi neftning may fyucherslari esa bu vaqtga kelib, 2,58 foizga pasaydi va barreliga 40,38 dollarga teng bo‘ldi.
AQShda neftning tijorat zaxiralari o‘tgan hafta ichida 9,36 million barrelga ko‘payib, 532,5 million barrelni tashkil qildi, bu 1930-yildan buyon maksimal ko‘rsatkichdir.
Manba