London tashqarisida yashovchi Sem Smit o‘z ism-sharifini rasman Bacon Double Cheeseburger (Bekonli Qo‘shaloq Chizburger)ga o‘zgartirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Erkakning ta’kidlashicha, pabda o‘tirib, do‘stlari bilan ismlar haqida bahslashganidan so‘ng bunday qarorga kelgan. Mister Chizburger o‘sha kuni ko‘proq ichib yuborganini tan oldi. Uning qo‘shimcha qilishicha, sevimli burgerining nomi — o‘sha vaqtda xayoliga kelgan birinchi g‘alati ism bo‘lgan.
Semning do‘stlari, hamkasblari va otasi uning bu ishiga xayrixohlik bilan yondashgan, biroq onasi bundan ranjigan. Yigitning qallig‘i Izabella ham bunga qarshi chiqdi, chunki u o‘z kuyovining ismi Bekon bo‘lishini, o‘zi esa Chizburger familiyasini olishni istamaydi.
To‘ydan avval Bekonli Qo‘shaloq Chizburger ism-sharifini yana o‘zgartirmoqchi, ammo u o‘z ishidan hech ham afsusda emas. U buni atrofdagilarga quvonch ulashadigan yaxshi hayotiy tajriba deb hisoblaydi.
Manba