O'zbekiston adliya vazirligi qoshidagi sud hukmlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta'minlash departamenti yangi interfaol xizmatni ishga tushirdi.
Uning yordamida chet elga chiqish imkoniyatini tekshirib ko'rish imkoni tug'ildi. Suddep.uz saytining “Intefaol xizmatlar” bo'limida “Qarzdorlikka ega va harakati chegaralab qo'yilgan shaxslar ro'yxati” nomli yangi punkt ishga tushgan. Ushbu ro'yxatda nomi bor fuqaro chet elga chiqa olmaydi.
Ta'kidlanishicha, alimentlar vaqtida yuborilmagani, kommunal xizmatlardan qarzdorlikning mavjud bo'lishi va boshqa sabablarga ko'ra fuqarolarning chet elga chiqish cheklab qo'yilishi mumkin.