Janubiy Karolinadagi praymerizda to‘plangan ovozlarning 50 foizi natijalariga ko‘ra, unda AQSh Respublikachilar partiyasidan nomzod, milliarder Donald Tramp g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Praymerizda Donald Tramp 34,2 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni texaslik senator Ted Kruz egallagan – 21,6 foiz ovoz.
Dastlabki saylovlar natijalariga ko‘ra, uchinchi o‘rindan 21,4 foiz ovoz bilan Florida senatori Mark Rubio joy oldi. Floridaning sobiq gubernatori Jeb Bush 8,3 foiz ovoz to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, Demokratlar partiyasining Nevada shtatida bo‘lib o‘tgan kokusida Hillari Klinton g‘olib chiqdi.
Manba