Dubaydagi eng qimmatbaho turar-joylarni o'z ichiga olgan bino 2018 yildan sotuvga qo'yiladi. Narxi 200 million dirham va maydoni 42 ming kvadrat fut bo'lgan penthaus Palm Jumayradagi One nomli turar-joy majmuasida joylashgan, deb yozadi "Kun".
Shohona penthausning yaqin kelajakdagi egasiga binoning tomida joylashgan hovuz bilan birga 17 ming kvadrat fut maydonli ochiq ayvon, xususiy sauna va kinoteatr, art-galereya, kutubxona, idora, o'yin xonalari va o'n ikki avtomobilni parkovka qilishga mo'ljallangan maydoncha nasib etadi. Penthausning ichida esa 8ta yotoqxona va 7ta cho'milish xonalari mavjud.
“One” turar-joy binosining qurilish ishlarini Omniyat dasturlash kompaniyasi amalga oshirmoqda. Binoda lyuks toifali 90ta uy qad rostlaydi. Bunday ko'chmas mulkning minimal qiymati 14 million dirhamni tashkil etadi.
Reidin marketing kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yilda Dubaydagi eng qimmat uy 24.43 million dirhamga sotilgan. U The Fairmont Palm Residences’da joylashgan. Bu uyning maydoni 7.5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. 2014 yilda dunyodagi eng baland Burj Xalifa” minorasida joylashgan uy 60 million dirhamga sotilib rekord darajani qayd etgan.
Ayni damda peyzajli hovuzga ega dunyodagi eng qimmat penthaus Monakoning Odeon Tower binosida joylashgan bo'lib, uning narxi 1.47 milliard dirhamni tashkil etadi.