IShID terrorchilik guruhi 21-fevral, yakshanba kuni Suriyaning Xoms shahrida yuz bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deya xabar bermoqda “TASS” AFP’ga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, teraktlar 21-fevral, yakshanba kuni tongda Xoms g‘arbidagi Az-Zahro dahasida, Sittin ko‘chasida sodir bo‘lgan. Minalashtirilgan avtomobillar mahalliy universitet talabalarini mashg‘ulotlarga tashiydigan mikroavtobuslar turargohida portlatilgan.
Suriyada inson huquqlari bo‘yicha nazorat kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, mina o‘rnatilgan ikki avtomobil portlab ketishi natijasida kamida 57 kishi halok bo‘lgan.
Manba