Meksika Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha federal prokuraturasi (Profepa) avtomobil ishlab chiqaruvchi Volkswagen konsernining mahalliy bo‘linmasiga nisbatan 168 million peso (9 million dollarga yaqin) miqdorida jarima qo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
15-fevral, dushanba kuni taqdim etilgan bayonotda ta’kidlanishicha, kompaniyaning avtomobillar savdosida yo‘lga qo‘ygan qoidabuzarliklari jarima qo‘llashga asos bo‘lgan.
“2016-yilgi modellardan 45,49 mingta mashinani ekologik talablarga muvofiqlik sertifikatisiz sotganligi uchun Profepa Volkswagen Mexico korxonasini jarimaga tortdi”, ― deya ma’lum qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Volkswagen konserni AQShda 680 mingga yaqin avtomobilni xavfsizlik yostiqlaridagi nuqson tufayli qaytarib olishi ma’lum qilingan edi.