Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy uchuvchilarning Suriyadagi xatti-harakatlarini “a’lo” deb baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Harbiy uchuvchilar qo‘yilgan vazifaning uddasidan a’lo darajada chiqdi”, — dedi davlat rahbari Havo-kosmik kuchlari bayrog‘ini topshirish marosimida.
Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni Putin Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni boshlashga buyruq bergan edi.
Manba