Sergeli avtomobil bozoridagi Saptiva, Epica, Malibu, Hyundai va Audi mashinalarining narxlari e'lon qilindi.
2007 yili ishlab chiqarilgan full pozisiyasidagi Audi Q7 mashinasining narxi 40 ming dollarni tashkil qilmoqda.
Saptiva’ning turli modifikasiyalari esa turlicha baholanmoqda. Jumladan, 2013 yili ishlab chiqarilgan 3-pozisiyadagi mashinaning narxi 23 ming dollarni tashkil qilsa, 2011 yilgi mashinalar 18-19 ming dollarga baholanmoqda. 2014-yilgi Saptiva’larning o'rtacha narxi – 25-26.5 ming dollar.
Shuningdek, 2011 yilgi Epica avtomobili 15.5 ming dollarga, Hyundai Sonata 23 ming dollarga, 2012 yilgi 3-pozisiya Malibu 17 ming dollarga baholanmoqda.