Amerikalik ixtirochi Tomas Edison marhumlar bilan suhbatlashish uchun qurilma yasashga uringan, deya xabar bermoqda Agence France-Presse Edison memuarlarining Fransiyada chop etilgan nashriga tayanib.
Ixtirochi qaydlarining ingliz tilida chop etilgan versiyalarida esa okkultizmga bag‘ishlangan boblar olib tashlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Tomas Edison 1870-yillar oxirida o‘z fonograflarining tovush signallarini kuchaytiruvchi “ruhfon” yaratishga harakat qilgan. Shuningdek, u o‘z hamkasbi Uilyam Uolter Dinuiddi bilan bitim tuzib, kim birinchi vafot etsa, narigi dunyodan ikkinchisiga xabar jo‘natishga kelishib olgan.