Las-Vegasda o'tayotgan CES-2016 ko'rgazmasida odamlarga mo'ljallangan “aqlli dum” namoyish etildi, deb xabar beradi Associated Press nashri.
Dum shaklidagi uskuna kamarga mustahkamlanib, smartfon yoki planshet yordamida harakatga keltiriladi.
Yangilik taqdimotchisi bo'lgan In-Tail kompaniyasi rahbari Brayan Kaufmanning so'zlariga qaraganda, shu yilning aprelida elektron dum 499 dollar narx bilan sotuvga chiqariladi. Uning komplektiga dumga musiqa ohangiga uyg'un harakatlanishga yordam beradigan audiosensor kiradi. Bundan tashqari, kompaniya devaysni videoo'yinlar bilan bog'lashga harakat qilmoqda.
Ayni paytda kompaniya elektron yordamchilarsiz ishlaydigan oddiy dumni 200 dollardan sotmoqda.