Garvard olimlari 3D-printeri yordamida 4D-formatdagi gulni yaratishdi, unda gulning tashqi omillar ta'sirida o'zini qanday his etish xususiyatlarini o'rganishdi. Buning natijasida olingan ma'lumotlar muhandislik va me'morchilikda qo'llanilishi mumkin.
Olimlar o'z shaklini sharoitga qarab o'zgartiradigan harakatlanuvchi modelni yaratishdi. U orxideya guliga o'xshash qilib yasalgan. Uning misolida turli holatlarda namuna tuzilishining o'zini tutish jarayoni o'rganildi.
“Bugun biz tuzilishni bir shakldan boshqa shaklga o'zgarishini tezlatish uchun integratsion qolip chegarasidan chiqdik”, - deya tadqiqot katta xodimining fikrini keltirmoqda RT ingliz nashri.